Xabi Alonso Karvaxalning qizil kartochkasiga munosabat bildirdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa himoyachisi Dani Karvaxalning kecha EChL umumiy bosqichidan o'rin olgan "Marsel"ga qarshi o'yindagi qizil kartochkasi haqida gapirdi.
Ispaniyalik futbolchi ikkinchi bo'limda maydondan chetlatildi.
"Buning oldini olish mumkin edi. Qizil kartochka ortiqcha edi. Bu masalani muhokama qilamiz," - deya "qirollik klubi" bosh murabbiyining so'zlarini keltiradi AS.
Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar"ning provansalliklarga qarshi o'yini Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tdi. "Qirollik klubi" 2:1 hisobidagi qiyin g'alabani tantana qildi. Ikkala golni ham 11 metrlik nuqtadan frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe kiritdi.