Xabi Alonso: "Karvaxal Ispaniya terma jamoasiga qaytmoqchi"

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'ylashimcha, Karvaxal Ispaniya terma jamoasiga qaytishni istaydi, biroq qarorni murabbiy [Luis de la Fuente] qabul qiladi. Dani optimal formaga kirishi uchun ko'proq vaqt kerak, ammo bugun u allaqachon maydonda 85 daqiqa o'ynab, etakchilik qobiliyatini namoyish etdi. Umid qilamanki, u terma jamoaga taklif oladi," - dedi Alonso matbuot anjumanida.