Xabi Alonso Jud Bellingemning holati bo'yicha ma'lumot berdi

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem yaqinda jamoa bilan umumiy guruhdagi mashg'ulotlarni boshlab yubordi. Ingliz hali o'ynashga tayyor emas. Bu haqda matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso ma'lum qildi.
«Bellingem? Men optimist bo'lishni xohlayman. Umid qilamanki, u oktyabrgacha qaytadi. Biz uni kutmoqdamiz», - dedi Alonso jurnalistlarga.
Eslatib o'tamiz, yozda Jud Bellingem elkasidagi muammolar tufayli operatsiya qilingan edi.