Xabi Alonso: "Hozir uchta himoyachi taktikasiga o'tishim shart emas"

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso hozircha 3 ta himoyachi bilan o'ynashga ehtiyoj sezmayapti.
"Hozir men uchta markaziy himoyachi formatidan foydalanishim shart emas, lekin kelajakda bunga qaytishimiz mumkin", - dedi Alonso ertangi "Real Sosedad"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida.