Xabi Alonso: «Gyuler «Oltin to'p»ni yutadi»

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa yarim himoyachisi Arda Gyuler haqida fikr bildirdi.
"Men Leverkuzenning "Bayer" klubida ishlaganimda, Arda Gyulerni o'z jamoamda ko'rishni xohlardim, chunki u noyob iste'dodga ega. Endi "Real"ga murabbiylik qilayotganimda, uning jamoamda o'ynayotganidan juda xursandman. Arda - "Real"ning kelajagi va u bir kun kelib "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi. Uning Mbappe bilan munosabati kundan-kunga yaxshilanib bormoqda," - dedi Alonso.
Joriy mavsumda 20 yoshli Gyuler barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 11 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.