Xabi Alonso Entso Fernandesning kelajagi haqida:

"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso yarim himoyachi Entso Fernandesning kelajagi borasida fikr bildirdi. Avvalroq matbuotda argentinalik yarim himoyachi "Real"ga o'tmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
"Biz suhbatlashdik, ammo o'zingiz tushunganingizdek, nima haqida gaplashganimiz sir bo'lib qoladi. Lekin ha, biz rostdan ham suhbatlashdik. Va ha, men uning "Chelsi"da qolishini istayman", - dedi Alonso jurnalistlarga.
25 yoshli Entso Fernandes nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 90 million evroga baholanmoqda. Yarim himoyachining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar