Angliyaning «Chelsi» klubi «Portu»ning 26 yoshli portugaliyalik darvozaboni Diogu Koshta bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Record Portugal nashri xabar tarqatdi.

Avvalroq matbuotda ushbu golkiperga Frantsiyaning «PSJ» klubi tomonidan jiddiy qiziqish bo'layotgani haqida yozilgan edi. Manbalarning ta'kidlashicha, londonliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso yangi mavsum oldidan Koshtani jamoaning asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan.

Diogu Koshta butun faoliyati davomida «Portu» sharafini himoya qilib kelmoqda. U yakunlangan mavsumda klub safida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning 24 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Manba: Stadion.uz