«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso himoyachi Ris Jeyms yangi mavsumda ham London klubi sardori bo'lib qolishini e'lon qildi.

«Ris Jeyms maydonda hamma ishni uddalay oladi. U hujumda kuchli, ajoyib paslar bera oladi, standart vaziyatlarda mohir va eng muhimi, uning qonida «ko'klar» (Chelsi) DNKsi bor. Biz buni butun jamoaga va yangi futbolchilarga singdirmoqdamiz. Jeyms sardor bo'ladi», — deya Alonsoning so'zlaridan iqtibos keltiradi talkSPORT.

Ris Jeyms — «Chelsi» tarbiyalanuvchisi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. U «ko'klar» safida jami 229 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz