Xabi Alonso «Chelsi»da «Real»ning ikki yulduzli futbolchisini ko'rishni xohlamoqda

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Madridning «Real» klubi ikki yarim himoyachisi bilan qayta topishishdan manfaatdor.
Gap Arda Gyuler va Orelen Tchuameni haqida ketmoqda. Transfer News Live portali Sport nashriga tayangan holda xabar berishicha, agar jamoani Entso Fernandes tark etsa, ispaniyalik mutaxassis turkiyalik yoki frantsiyalik futbolchini sotib olishni talab qiladi. «Ko'klar» ustozi «qaymoqranglilar»ning har ikki o'yinchisi iste'dodini juda yuqori baholamoqda.
Transfermarkt ekspertlari talqiniga ko'ra, 21 yoshli Gyulerning bozor qiymati 90 million evroni, 26 yoshli Tchuamenining xuddi shu saytdagi bahosi esa 70 million evroni tashkil etadi.
Xabi Alonso may oyi oxirida «Chelsi» murabbiyligiga tayinlangan edi. Yanvar oyida u «Real» bosh murabbiyligidan bo'shatilgandi, u ushbu lavozimda yarim yildan sal ko'proq ishladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar