Xabi Alonso «Chelsi»da katta o'zgarishlar talab qilmaydi

«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning bo'lajak mavsumdagi istiqbollari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Agar to'g'ri muvozanatni topsak va to'g'ri qarorlar qabul qilsak, bizda yaxshi mavsum o'tishi mumkin. Men vaziyatga optimistik qarayman va muvaffaqiyatga ishonaman. Ko'p narsani o'zgartirishimiz kerak deb o'ylamayman», — deya Alonsoning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, «Chelsi» Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumini muvaffaqiyatsiz o'tkazib, evrokuboklarga chiqa olmadi va o'ninchi o'rinni egalladi. Aprel oyida Liam Rosenor «ko'klar» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi, yozda esa «Bayer» va Madridning «Real» klubi sobiq murabbiyi Xabi Alonso jamoaning yangi ustozi etib tayinlandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar