Xabi Alonso «Chelsi» boshqaruviga asosiy nomzod: London klubi unga keng vakolatlar va'da qilmoqda

Xabi Alonso «Chelsi» bosh murabbiyligiga asosiy favorit bo'lib turibdi. Bu haqda iPaper nashri o'z sahifalarida ma'lum qildi. Qayd etilishicha, Alonso nomzodini London klubi rahbariyatidagi katta bir guruh qo'llab-quvvatlamoqda.
«Chelsi» ispaniyalik mutaxassisga transferlar va tarkibni shakllantirish kabi muhim masalalarda keng vakolatlar berishga tayyor. Xabi Alonso yanvar oyi o'rtalarida «Real»dan iste'foga chiqarilganidan beri klubsiz yuribdi.
«Chelsi» esa yaqindagina bor-yo'g'i bir necha oy ishlagan Liam Rosenor bilan xayrlashgan edi. Ayni damda «ko'klar» Premer-liga turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinni egallab turishibdi.