Xabi Alonso "Chelsi" boshqaruvidagi ilk g'alabasiga munosabat bildirdi

Ispaniyalik mutaxassis uchun bu londonliklar boshqaruvidagi ilk o'yin edi.
"Bu haqiqatan ham keskin va og'ir o'yin bo'ldi. Biz mehmondagi g'alaba qanchalik qimmatga tushishini bilamiz. Ammo biz vaziyatni yaxshi uddaladik - sabr qildik, kurashdik, alohida vaziyatlarda talab qilingan hamma narsani qildik va shu sababli hozir kayfiyatimiz juda ajoyib.
Erta urilgan gol ishonchga ega bo'lishga yordam berdi. Raqib hisobni tenglashtirguncha bizda ikkinchi golni urish uchun vaziyatlar bo'lgan edi, ammo biz ancha barqaror harakat qildik va hatto to'psiz qolgan paytlarimizda ham o'zimizga ishonchni his qildik. Biz xavf tug'dira oldik: uchta hujumchimiz yaxshi hamkorlik qildi va vaziyatlar yaratdi.
Bu biz uchun yaxshi start", - deydi Alonsoning so'zlarini "Sky Sports" nashri.
Kommentariyalar