"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya chempionati o'yinlarining boshqa mamlakatlarda o'tkazilishi haqida gapirdi. Avvalroq, dekabr oyida "Vilyarreal" va "Barselona" Mayamida to'qnash kelishi ma'lum qilingandi.

"Mening fikrim xuddi ikki oy oldin so'raganingizdek. Biz Mayamida o'yin o'tkazishga qarshimiz. Bu turnirni adolatsiz qiladi, deb hisoblaymiz. Noroziliklar - bu yaxshi, chunki ular ko'plab klublarning fikrini ifodalaydi. Bizning pozitsiyamiz o'zgarmadi," - dedi Alonso matbuot anjumanida.

Avvalroq "Real Ovedo" - "Espanol" o'yinida norozilik namoyishi bo'lib o'tgandi. Futbolchilar start hushtagidan so'ng biroz vaqt maydonda shunchaki harakatsiz turishdi.