Xabi Alonso: "Bu futbolchi "Real" uchun juda muhim"

Madridning "Real" klubi ustozi Xabi Alonso frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappening jamoa uchun ahamiyati haqida gapirdi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichidan o'rin olgan "Olimpiakos"ga qarshi kechgan so'nggi o'yinda (4:3) hujumchi poker qayd etdi.
"Menga Kilianning jamoa uchun qilayotgan ishlari yoqadi. Bu faqat urilgan gollar emas. Uning shaxsiyati, jamoadoshlariga ta'siri, har bir mayda-chuyda detallar. Bu futbolchi "Real" uchun juda muhim," - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi ESPN.
2025/2026 yilgi mavsumda Mbappe "qaymoqranglilar" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.