"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso Madrid jamoasining sobiq futbolchisi Garet Beylning so'zlariga munosabat bildirdi.

- Beyl "Real"ga murabbiylik qilish "Bayer" bilan bir xil emasligini aytdi. Kiyinish xonasida manmanlikni his qildingizmi?

- Yigitlardan juda mamnunman. Biz qadam-baqadam oldinga siljiyapmiz va bu meni xursand qiladi," - deya Alonsoning matbuot anjumanidagi so'zlarini keltiradi AS.

Ayni paytda Xabi Alonso "Real" futbolchilarini Ispaniya chempionatining "Rayo Valekano"ga qarshi safar o'yiniga tayyorlamoqda. Madrid derbisi 9 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.