"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liga doirasidagi "Real Ovedo"ga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Madrid jamoasi bosh murabbiyiga "Barselona" haqida savol kelib tushdi.

- "Barselona" bilan darajadagi farq qancha?

- "Barselona"dan xavotir olmayapman. Meni jamoamiz darajasi, yutuqlarimiz o'ylantiradi. Har hafta jamoa sifatida oldinga siljishimiz va o'sishimiz kerak," - dedi Alonso.

Ispaniya chempionatining 1-turida "Real" "Osasuna"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. "Barselona" esa safarda "Malorka"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.