Xabi Alonso «Arsenal» boshqaruvini qo'lga olishi mumkin

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Britaniya OAVlari xabar tarqatmoqda.
Londonning «Arsenal» klubi ispaniyalik mutaxassis bilan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan. Xabarlarga ko'ra, agar amaldagi bosh murabbiy Mikel Arteta joriy mavsumda APL yoki Chempionlar ligasida zafar qucha olmasa, muzokaralar yangi bosqichga chiqadi va Alonso jamoa tizginini o'z qo'liga oladi.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso 2025 yilning yozidan buyon «Real» Madridni boshqarib kelayotgan edi. Biroq u joriy yilning yanvar oyida «qirollik klubi»dagi lavozimini tark etgandi. Ayni damda «Real»ni Alvaro Arbeloa boshqarmoqda.