Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, Xabi Alonso «Chelsi» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo'lib turibdi.

London klubi «Real» va «Bayer» sobiq murabbiyi bilan aloqaga chiqib ulgurgan. Alonsoning o'zi ham shu yozda Premer-ligada ish boshlashga qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, «ko'klar» ro'yxatida «Fulxem» ustozi Marku Silva va «Bornmut»ni tark etayotgan Andoni Iraola ham bor. Avvalroq xabar berilganidek, «Kristal Pelas» murabbiyi Oliver Glasner va «Flamengo» sobiq ustozi Filipe Luis ham yangi nomzodlar qatoriga qo'shildi.

Luis Liem Rosenor tayinlangunga qadar ham «Chelsi» muhokama qilgan nomzodlardan biri edi, biroq o'shanda muzokaralar Gari O’Nil kelguniga qadar uning «Strasbur»ga o'tishi ehtimoliga qaratilgandi.

Klubda Sesk Fabregas va Franchesko Faroli nomzodlari ham ko'rib chiqilmoqda. Biroq Fabregas «Komo»dan ketish niyati yo'qligini ma'lum qilgan, italiyalik mutaxassisga yaqin manbalar esa Faroli «Portu»da qolishini ta'kidlashmoqda.