"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa bilan ishni boshlaganidan keyingi dastlabki taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men futbolchilar yaxshi mavsumni o'tkazishni istashayotganini allaqachon his qilyapman. O'tgan mavsumdan so'ng biz hammasini noldan boshlayapmiz – yangi murabbiylar shtabi va yangi bosh murabbiyga egamiz. Futbolchilar biz qilayotgan ishlarga chin dildan berilgan. Jamoada energiya va ruhiy ko'tarinkilik bor", - dedi Alonso jurnalistlarga.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" o'tgan mavsumni Premer-liga turnir jadvalida 10-o'rinda yakunlagan edi. Yangi mavsumda London jamoasi evrokuboklarda ishtirok etmaydi.

Futbolchi sifatida Xabi Alonso Angliyada "Liverpul" safida to'p surgan.

Manba: Stadion.uz