World Boxing tashkiloti yangilangan reytingini e'lon qildi: O'zbekiston birinchi o'rinda

World Boxing xalqaro tashkiloti o'zining yangilangan rasmiy reytingini e'lon qildi. Hisob-kitoblarga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi umumiy natijalar bo'yicha birinchi o'rinni egallagan, Qozog'iston esa ikkinchi pog'onadan joy oldi.
O'zbekistonlik olti nafar bokschi o'z vaznida peshqadamlik qilmoqda: Abdumalik Halokov (60 kg), Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (65 kg), Fazliddin Erkinboev (75 kg), Jahongir Ummataliev (80 kg), Akmaljon Isroilov (85 kg) va To'rabek Habibullaev (90 kg).
Qolgan to'rt vazn toifasida esa Sanjar Toshkenbay (50 kg), Mahmud Sobirxan (55 kg), To'raxan Sobirxan (70 kg) va Aybek Oralbay (+90 kg) kabi qozog'istonlik charm qo'lqop ustalari etakchilik qilmoqda.
“Reytingda O'zbekiston bokschilari 10 ta vazn toifasining 6 tasida etakchilik qildi, Qozog'iston esa qolgan 4 toifada peshqadam bo'ldi”, deyiladi tashkilotning rasmiy Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Liverpulda o'tgan World Boxing jahon chempionatida Qozog'iston 7 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi pog'onadan joy olgan edi, O'zbekiston esa 6 ta oltin bilan ikkinchi o'rinni egallagandi.