World Boxing kubogi. Ikki bokschimiz yarim finalga chiqdi

World Boxing tashkiloti kubogi musobaqasida bir nechta vazn toifalarida chorak ifnal janglari bo'lib o'tdi. Kun davomida ikki nafar bokschimiz ringga ko'tarildi.
Chorak finallarning bugungisini Navbahor Hamidova boshlab berdi. Bokschimiz -65 kg vaznda mezbon Beatriz Gomesga qarshi bahs olib bordi va raqibasini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
World Boxing kubogida +90 kgda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jahongir Zokirov musobaqadagi ikkinchi jangini o'tkazdi. U Bolgariya vakili Yordan Morejonga qarshi bahs yuritdi.
Kutilganidek Zokirov ushbu jangda katta ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida zafar quchdi.
Manba: stadion.uz