WhoScored versiyasi bo'yicha Keyn hozircha mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lib turibdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn WhoScored talqini bo'yicha joriy mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lib turibdi.
Angliyalik forvard hozirgacha o'yinlari uchun o'rtacha 8,71 ball olmoqda — bu ko'rsatkich Evropaning top-5 ligasi futbolchilari orasida eng yuqori natija hisoblanadi.
Ikkinchi o'rinni Madridning "Real" klubi forvardi Kilian Mbappe egalladi — uning bahosi 8,19 ball. Uchinchi o'rinda yana bir «Bavariya» o'yinchisi — Maykl Olise (7,97 ball) joy oldi.
WhoScored versiyasi bo'yicha joriy mavsumning top-5 futbolchisi quyidagicha:
1) Xarri Keyn («Bavariya») — 8,71
2) Kilian Mbappe («Real») — 8,19
3) Maykl Olise («Bavariya») — 7,97
4) Niko Pas («Komo») — 7,95
5) Lamin Yamal («Barselona») — 7,92