"Bavariya" vingeri Maykl Olise Evropaning top-ligalaridagi futbolchilar orasida eng yaxshi assistent bo'lib turibdi. Bu haqda "WhoScored" nashri xabar bermoqda.

Frantsiyalik futbolchi Germaniya chempionatining joriy mavsumida 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi — bu boshqa kuchli ligalardagi istalgan o'yinchining ko'rsatkichidan yuqoridir.

Reytingda ikkinchi o'rinni "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh egallab turibdi: "MYu" sardori o'z hisobiga 12 ta assist yozdirib qo'ygan. Kuchli uchlikni 11 ta uzatma bilan "Inter" himoyachisi Federiko Dimarko yakunlab beradi.

"Barselona"ning yulduz vingeri Lamin Yamal esa joriy mavsumda 8 ta golli uzatma berdi. Reytingda undan yuqoriroq pog'onada "Bavariya"ning yana bir a'zosi Luis Dias joy olgan.