WhoScored EChLda hozircha eng yaxshi o'yinchilar reytingini tuzdi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqichning uch turi ortda qoldi. WhoScored algoritmlari hisob-kitoblariga ko'ra, turnirdagi o'yinlarning o'rtacha bahosi bo'yicha etakchilik "Bavariya" vakili Xarri Keynga tegishli - 9,01 ball. Reytingda ikkinchi o'rinni "Inter" sardori Lautaro Martines (8,81), uchinchi o'rinni "Real" a'zosi Kilian Mbappe (8,77) egallagan. Kuchli beshlikdan Xvicha Kvaratsxeliya ("PSJ", 8,62) va Markus Reshford ("Barselona", 8,57) ham joy olgan.
Oltinchi va o'ninchi o'rinlar mos ravishda Nunu Mendesh, Xulian Alvares, Xakan Chalxano'g'li, Fermin Lopes va Markus Tyuramga tegishli.
To'rtinchi tur uchrashuvlari 4-5 noyabr kunlariga belgilangan.