WhoScored Bundesliga mavsum ramziy terma jamoasini e'lon qildi

Ushbu ramziy terma jamoa futbolchilarning o'z pozitsiyalaridagi o'rtacha reyting ko'rsatkichlari asosida tuzildi.
Tarkibdan quyidagi o'yinchilar joy oldi:
-
Darvozabon: Moritts Nikolas («Borussiya» Myonxengladbax, o'rtacha ball – 6,87);
-
Himoyachilar: Vladimir Tsoufal («Xoffenxaym», 7,18), Luka Vushkovich («Gamburg», 7,33), Niko Shlotterbek («Borussiya» Dortmund, 7,26), David Raum («RB Leyptsig», 7,43);
-
Yarim himoyachilar: Maykl Olise («Bavariya», 7,84), Yozua Kimmix («Bavariya», 7,28), Nadim Amiri («Maynts», 7,16), Luis Dias («Bavariya», 7,45);
-
Hujumchilar: Xarri Keyn («Bavariya», 8,14), Deniz Undav («Shtutgart», 7,18).