WBCda Rebrending: WBC EurAsia — Professional boksda yangi davr boshlanmoqda

Ayni kunlarda Taylandning Bangkok shahrida bo'lib o'tayotgan Butunjahon Boks Kengashining (WBC) 63-Konventsiyasi doirasida WBC Direktorlar kengashining navbatdagi majlisi o'tkazildi. Ushbu majlis nafaqat yilning eng muhim tadbirlaridan biri bo'ldi, balki professional boks tarixida yangi sahifa ochmoqda.
Konventsiyada CISBB (MDH va Qora dengiz mintaqasi Boks Byurosi) tashkiloti rasman WBC EurAsia deb qayta nomlandi. Bu o'zgarish Evropa va Osiyo qit'alari o'rtasidagi yangi strategik birlashuvning boshlanishi sifatida qabul qilindi.
Shu bilan birga, WBC Direktorlar kengashi tomonidan WBC EurAsia prezidenti lavozimiga bir ovozdan o'zbekistonlik nufuzli sport arbobi Gafur Raximov saylandi. Uning boy tajribasi, strategik fikrlash qobiliyati va boks rivojiga qo'shgan ulkan hissasi ushbu tuzilmaning kelajakdagi yo'nalishlarini belgilashda muhim o'rin tutadi.
WBC prezidenti Maurisio Suleyman yig'ilishdavomida Raximovni chin yurakdan qutlab, uning WBC oilasidagi xizmatlarini alohida e'tirof etdi. WBC Prezidenti janob Raximovni O'zbekistonda zamonaviy boksning otasi sifatida biligshini, boks rivojida ulkan ishlarni amalga oshirib kelayotganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, Raximov 2023-yilda WBCning oliy kengashi a'zoligiga qabul qilingan paytdan beri xalqaro hamkorlikka beqiyos hissa qo'shib kelmoqda.
O'zbekiston Profesional boks federatsiyasi WBCga a'zoligiga qabul qilinganligiga bor-yo'g'i ikki yildan oshdi, ammo bu davr ichida mamlakat professional boks sohasida ulkan yutuqlarga erishdi.
2023-yilda Toshkent shahrida WBCning 61-Konventsiyasini yuqori darajada o'tkazilishi —mamlakatning tashkiliy salohiyati, sport diplomatiyasi va xalqaro nufuzining yorqin namoyishi bo'ldi. WBC rahbariyati O'zbekistondagi professional va olimpiya boksi rivojidan mamnun ekanligini bir necha bor ta'kidlagan.
O'zbekiston Professional Boks Federatsiyasi oxirgi yillarda WBC standartlari asosida yangi professional turnirlarni yo'lga qo'ydi.
Yosh iste'dodlarni xalqaro arenaga olib chiqish borasida yangi dasturlarni amalga oshirib kelmoqda. Jahon boksining etakchi tashkilotlari bilan hamkorlikni ko'lga kiritdi.
Bugungi kunda O'zbekiston WBC bilan o'z hamkorligini yangi bosqichga ko'tardi va mintaqa miqyosida eng barqaror rivojlanayotgan professional boks markazlaridan biriga aylanmoqda.
WBC EurAsia tashkil etilgani bilan Evropa va Osiyo professional boksining integratsiyasiga yangi yo'l ochildi. Bu platforma qit'a miqyosida quyidagi yo'nalishlarda yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu haqida tashkilot Prezidentidi Gafur Rahimov o'z nutqida ma'lum qildi.
Kelgusida Evropa va Osiyo boks federatsiyalari o'rtasida innovatsion hamkorlik, sportchilar, murabbiylar va rasmiylar uchun yangi ta'lim dasturlari va media va marketing yo'nalishlarida katta qamrovli loyihalar va mintaqaviy boks bozorining yagona standartlar asosida rivojlanishi borasida o'z rejalarini e'lon qildi.
O'z nutqida Gafur Raximov WBCning abadiy prezidenti Xose Suleyman bilan ko'p yillik yaqin do'stlik va hamkorlik haqida to'xtalib, uning zamonaviy boks rivojiga qo'shgan hissasini katta ehtirom bilan yodga oldi. Xose SuleymanProfessional boksning haqiqiy ma'noda asosichisi-otasi ekanligini e'tirof etdi. Bu — WBC EuroAsia faoliyatida davom etuvchi ishonch an'anasining ramzidir.
WBC EurAsianing tashkil etilishi — jahon boksining geografiyasi, tuzilishi va strategik yo'nalishlaridagi eng muhim qadamlardan biridir. Ushbu yangi platforma qismi sifatida O'zbekistonning ishtiroki mamlakatning xalqaro sport sahnasini yanada mustahkamlaydi va yangi avlod chempionlariga keng yo'l ochadi.
WBC Konventsiyasi doirasida muhim yangiliklarni muntazam e'lon qilib boriladi.