WBC Usikka Uaylderga qarshi chempionlik himoyasini o'tkazishga ruxsat berdi

WBC prezidenti Maurisio Sulaymon uning tashkiloti ukrainalik Aleksandr Usikka amerikalik Deontey Uaylderga qarshi chempionlik unvonini ixtiyoriy himoya qilishga ruxsat berganini ma'lum qildi.
"Deontey Uaylder reytingda 8 yoki 9-o'rinni egallab turibdi, shuning uchun u istasa Aleksandr Usikni jangga chaqirishga haqli. Usik ixtiyoriy himoya so'rovini yubordi va u ma'qullandi", - dedi WBC prezidenti.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Usik Uaylderga qarshi jangga qiziqish bildirgan, amerikalikning o'zi esa bunday jangga qarshi emasligini aytgandi.