«Tottenxem»ning 19 yoshli himoyachisi Luka Vushkovich faoliyatini «Brayton»da davom ettiradi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, «Brayton» xorvatiyalik futbolchining transferi bo'yicha 53,8 million evro va keyingi sotuvdan foiz to'lash sharti bilan to'liq kelishib olgan. Bonuslarni hisobga olgan holda, bitim summasi 58,5 million evroni tashkil etishi mumkin.

Ta'kidlash joizki, «Tottenxem» juda oqilona bitimga qo'l urdi. Atigi bir yil oldin «shporlar» Vushkovichni 11 million evroga sotib olib, «Gamburg»ga ijaraga berishgan edi. London klubi safida himoyachi birorta ham o'yin o'tkazmagan bo'lsa-da, juda foydali narxda sotib yuborildi.

Hozirgi vaqtda Transfermarkt mutaxassislari Vushkovichni 60 million evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz