"Vulverxempton Uonderers"ning yangi bosh murabbiyi ma'lum bo'ldi

Rob Edvards rasman "Vulverxempton Uonderers"ning yangi bosh murabbiyi bo'ldi.
"Vulverxempton" matbuot xizmati 42 yoshli murabbiyning tayinlanishini e'lon qildi. Edvardsning so'nggi klubi "Midlsbro" edi.
Bungacha u "Luton Taun"ni uch yil boshqargan va ularni Premer-ligaga olib chiqqan. Edvards ilgari "Vulverxempton Uonderers"da 2016 va 2018-2019 yillarda ishlagan.