"Vulverxempton" shanba kuni yana muxlislarining hafsalasini pir qildi.

Jamoa safarda “Nyukasl”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Natijada «bo'rilar» nol ochko bilan APL turnir jadvalida so'nggi o'rinda qolmoqda. Opta portalining statistik ekspertlari qiziq faktni ta'kidlashdi.

"Vulverxempton" tarixda birinchi marta mavsumni ketma-ket to'rtta mag'lubiyat bilan boshladi. Qayd etilishicha, bu “bo'rilar”ning Premer-ligadagi 127-mavsumidir.