"Vulverxempton"ning 28 yoshli hujumchisi Sasha Kalaydjich faoliyatini Avstriyaning LASK klubida davom ettiradi. Hujumkor futbolchi joriy mavsumni yangi klubida o'tkazadi.

Kalaydjich "Shtutgart"dan 3 yil oldin ingliz klubiga o'tgandi. O'sha bitim 18 mln evroga baholangan. 2024 yilda u Frankfurtning "Ayntraxt" klubiga yarim yilga ijaraga o'tdi.

Joriy mavsumda forvard "bo'rilar" safida ikkita o'yinda maydonga tushishga ulgurdi va ularda samarali harakat qilmadi. Transfermarkt portali hozirda futbolchini 4 mln evroga baholamoqda.