"Vulverxempton" Eyndjel Gomesni o'z safiga qo'shib oldi.

Ingliz klubi 25 yoshli yarim himoyachini "Marsel"dan ijaraga olganini e'lon qildi. Bitimda sotib olish optsiyasi kiritilgan.

Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "bo'rilar" futbolchining ijarasi uchun 1 million evro to'laydi, to'liq transfer esa ularga 7 mln evroga tushadi.

Joriy mavsum Liga 1da Gomes 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan.