"Vulverxempton" eng yaxshi to'purarni 7+2 mln funtga sotib oldi

Adam Armstrong "Vulverxempton"ga o'tdi.
Joriy mavsum "Sautgempton" safida to'p tepayotgan hujumchi yangi jamoasi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, 28 yoshli futbolchi uchun 7 mln funt to'langan, yana 2 mln funt bonus sifatida ko'zda tutilgan.
Armstrong bu mavsumda Chempionshipda 29 o'yinda 11 gol urdi va liganing eng yaxshi to'purarlari beshligiga kirdi.