«Vulverxempton» darvozasiga gol urgan Marmush APLda yangi rekord o'rnatdi

Angliya chempionatining 23-turida "Manchester Siti" g'alabaga erishdi — jamoa "Vulverxempton" darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi. Ulardan birini hujumchi Omar Marmush o'z hisobiga yozdirib qo'ydi va shu tariqa u Angliya Premer-ligasidagi sakkizinchi golini urgani ma'lum bo'ldi.
E'tiborlisi, Marmush urgan barcha sakkiz gol ham "Manchester Siti"ning o'z maydonidagi uchrashuvlarga to'g'ri kelgan. U shu bilan birga Premer-ligada faqat uy o'yinlarida gol urib, safar bahslarida hali gol urmagan futbolchilar orasida eng ko'p gol muallifiga aylandi.
Angliya chempionatining keyingi turida "Manchester Siti" safarda "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushadi.