Vozinya 2026 yilgi Jahon chempionati yakunlariga ko'ra 10 baravarga qimmatlashdi

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya Transfermarkt baholashicha, 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati yakunlariga ko'ra o'z transfer qiymatini 10 baravarga oshirib oldi. Hozirgi vaqtda darvozabonning narxi turnir startigacha bo'lgan 50 ming evro o'rniga 500 ming evroni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, afrikalik jamoa golkiperi 40 yoshdan oshgan eng qimmat darvozabonlar to'rtligiga kirdi. Undan faqat Fernando Muslera (700 ming evro), Igor Akinfeev (1 million evro) va Manuel Noyer (4 million evro) qimmatroq baholanmoqda.
Vozinya JCh-2026da to'rtta o'yin o'tkazib, ularning ikkitasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Ikkinchi divizionda ishtirok etuvchi Portugaliyaning «Shavish» klubi bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etdi. Kabo-Verde terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etdi va 1/16 finalda Argentinaga imkoniyatni boy berib (2:3), musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar