Nik Voltemadening "Nyukasl" bilan shartnomasi shartlari ma'lum bo'ldi.

Avvalroq, APL klubi hujumchini 85+5 mln evroga transfer qilish bo'yicha "Shtutgart" bilan to'liq kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Hozirda futbolchi tibbiy ko'rikning yakuniy bosqichidan o'tmoqda. Shundan so'ng, u soliqlardan tashqari yiliga taxminan 8 million evro maosh bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolaydi, deb yozadi jurnalist Florian Plettenberg.

Transfer tez orada rasman e'lon qilinishi kerak.