Nik Voltemade APLdagi ikkinchi golini urdi.

"Nyukasl" forvardi 6-turda "Arsenal"ga qarshi o'yinning 34-daqiqasida Sandro Tonalining uzatmasini boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

"Qarg'alar" uchun rekord darajadagi 85+5 mln evroga sotib olingan germaniyalik futbolchi chempionatdagi uchinchi o'yinini o'tkazmoqda. Uning debyut goli birinchi o'yinda, "Vulverxempton" darvozasiga kiritilgan.