Vlaxovichning "Yuventus"da qolish sharti ma'lum bo'ldi

Dushan Vlaxovichning "Yuventus" bilan mehnat shartnomasi yozda o'z nihoyasiga etadi.
OAV futbolchi bilan shartnomani uzaytirish shartlarini ma'lum qildi. Serbiyalik hujumchi agar pastroq ish haqiga rozi bo'lsa, Turinda qolishi mumkin. Hozirgi vaqtda Vlaxovich Evropa klublaridan hech qanday "jozibador" taklif olmagan.
Joriy mavsumda Dushan Vlaxovich "Yuventus" safida 17 ta uchrashuv o'tkazdi. Ularda futbolchi oltita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.