Hujumchi Dushan Vlaxovich yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so'ng «Yuventus»ni tark etishga juda yaqin turibdi.

Tuttosport nashrining xabar berishicha, kelishmovchiliklarning asosiy sabablaridan biri serbiyalik forvardning moliyaviy talablari bo'lgan. Ma'lum qilinishicha, muzokaralar paytida futbolchi nima uchun jamoadoshi Jonatan Devid bilan bir xil miqdorda maosh olishi kerakligi bilan qiziqqan va bu savol Turin klubi rahbariyatining qattiq noroziligiga (g'azabiga) sabab bo'lgan.

Qayd etilishicha, «Yuventus» Vlaxovichga yiliga bonuslardan tashqari taxminan 6 million evro maosh ko'zda tutilgan shartnoma taklif qilgan, futbolchining o'zi esa bir mavsum uchun 8 million evro olmoqchi bo'lgan.

Bundan oldinroq klub direktori Jorjo Kellini tomonlar hamkorlikni uzaytirish borasida kelisha omaganini tasdiqlagan edi. Serbiyalik hujumchi shu yozdayoq klubni tark etadi.