Vlaxovich uchun grand klublar kurash olib boradi

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovichga "Bavariya" va Madridning "Atletiko" jamoalari qiziqish bildirmoqda. 25 yoshli futbolchining "byankonerilar" bilan shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi - katta ehtimol bilan turinliklar yanvarda forvardni sotib, ozgina bo'lsa-da pul ishlab olishga rozi bo'ladi. Calciomercato xabariga ko'ra, "Bavariya" serbiyalik futbolchi uchun "Atletiko" bilan kurashishga tayyor. Taxminlarga ko'ra, qishda futbolchini 15 mln evroga sotib olish mumkin bo'ladi.
O'tgan yozda Dushan Vlaxovichga "Milan" qiziqish bildirgan edi, ammo futbolchining yuqori maoshi "rossonerilar" uchun to'siq bo'lib qoldi. Transfermarkt portali "Fiorentina" sobiq yulduzining narxini 35 mln evroga baholamoqda.