Vlaxovich Turinda qoladigan bo'ldi: Tomonlar tez orada shartnomani uzaytirishadi

Dushan Vlaxovichning «Yuventus» bilan tuzilgan amaldagi mehnat shartnomasi shu yozda o'z nihoyasiga etadi. Hozirda tomonlar kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda.
Manbaning yozishicha, futbolchi va «Yuventus» o'zaro kelishuvga erishishga juda yaqin turishibdi. Transfermarkt portali Vlaxovichning bozor qiymatini 35 million evroga baholamoqda.
Dushan Vlaxovich shu kungacha «Yuventus» safida jami 162 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda hujumchi 64 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.