Vlaxovich top-klub radarlariga tushib qoldi

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich "Bavariya"ga o'tishi mumkin. Serbiyalikning amaldagi shartnomasi kelasi yozda o'z nihoyasiga etadi va uzaytirilishi dargumon. Bayern & Germany xabariga ko'ra, myunxenliklar "keksa sinora" forvardini qiziqishlar ro'yxatiga kiritgan. Bundesliga grandi rahbariyati futbolchini erkin agent sifatida qo'lga kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Avvalroq, "Bavariya" Dushan Vlaxovichga qiziqish bildirgandi. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi "Yuventus" safida 5 ta bahsda 4 ta gol va 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Hujumchining Transfermarkt saytidagi narxi - 35 mln evro.