Vlaxovich «Real»ga taklif qilindi

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich o'z vakillari orqali Madridning «Real» klubiga taklif qilindi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
«Yuventus» bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan 26 yoshli forvard, shuningdek, «Barselona» va «Atletiko» klublariga ham taklif etilgan. Manbaning ta'kidlashicha, Madrid klubi bu variantga nisbatan xotirjam munosabatda bo'lmoqda. «Real» rahbariyati joriy transfer oynasida yangi markaziy hujumchi sotib olishni ustuvor vazifa deb hisoblamayapti.
Madridliklar tarkibdagi mavjud ijrochilarga, jumladan Kilian Mbappe hamda ijaradan qaytayotgan Endrikka ishonch bildirishmoqchi. Bu esa Vlaxovich uchun tarkibda deyarli joy qoldirmaydi.
Yakunlangan mavsumda 26 yoshli Vlaxovich 23 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar