Vlaxovich «Milan»dan qancha maosh so'ragani ma'lum bo'ldi

«Milan» va Dushan Vlaxovich o'rtasidagi muzokaralar hujumchining maosh borasidagi talablari tufayli boshi berk ko'chaga kirib qoldi.
Tuttosport nashrining xabar berishicha, «Rossonerilar» futbolchiga yiliga 6 million evro maosh bilan to'rt yillik shartnoma taklif qilgan. «Yuventus» futbolchisining agenti esa bu summaning 10 million evroga yaqin bo'lishini talab qilmoqda.
Avvalroq, serbiyalik forvard faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishni istayotgani xabar qilingandi. U mavsum yakunida erkin agentga aylanadi.