Vlaxovich «Beshiktosh» bilan muzokaralarda tanafsus e'lon qildi

Hujumchi Dushan Vlaxovich «Beshiktosh» klubiga o'tishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning bergan ma'lumotlariga ko'ra, OAVdagi mish-mishlarga qaramay, forvard Turkiya klubining taklifini rad etgani yo'q. Serbiyalik futbolchi shunchaki muzokaralarda biroz tanaffus olishga qaror qilgan. «Beshiktosh» hujumchiga bir mavsum uchun 7 milliondan 8 million evrogacha bo'lgan maosh bilan shartnoma taklif qilmoqda.
Dushan Vlaxovich 2022 yilda «Fiorentina»dan «Yuventus»ga 85 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi Turin klubi safida barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Vlaxovichning transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar