Vladimir Putin JCh-2026 ga bormasligi ma'lum qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga bormaydi.
«Putin bormaydi», — deya qisqacha ma'lum qildi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Eslatib o'tamiz, nufuzli futbol turniri joriy yilning 11 iunidan 19 iyuliga qadar bo'lib o'tadi. Rossiya terma jamoasi va klublari 2022 yildan buyon UEFA va FIFA shafeligida o'tkaziladigan xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayapti.