Vitinyaning "PSJ"dan "Real"ga o'tish sharti aytildi

Madridning "Real" klubi "PSJ"dan Vitinyani qanday shart bilan o'z safiga qo'shib olishi ma'lum bo'ldi.
Cadena SER xabariga ko'ra, agar "Real" Vinisius bilan xayrlashsa, portugaliyalik futbolchining transferi amalga oshishi mumkin. Agar braziliyalik futbolchi shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, "qaymoqranglilar" uni kamida 100 mln evroga sotadi. Tushgan pul Vitinyani sotib olishga sarflanadi.
Avvalroq, Vitinyaga Evropaning boshqa top-klublari ham da'vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu bilan birga, "PSJ" futbolchini qo'yib yubormoqchi emas.