«PSJ» klubi yarim himoyachi Vitinyaning tiklanish jarayoni haqida ma'lumot berdi.

Parijliklar tibbiy xizmatining ma'lumotlariga ko'ra, tovon qismidagi jarohat hech qanday asoratlarsiz bitmoqda. Futbolchi allaqachon individual reja asosida mashg'ulotlarni boshlagan, u asta-sekin formaga kirib, umumiy guruhga qaytishga yaqinlashmoqda.

26 yoshli xavbek «Lion»ga qarshi o'yinda (1:2) jarohat olgan edi. O'shanda u maydonni sezilarli darajada oqsoqlangan holda tark etgan va hatto o'ng oyog'idagi butsasini echib olgandi.

Shu bilan birga, klub hozircha uning maydonga qaytishi bo'yicha aniq muddatlarni aytmayapti.