Vitinya Xavining 15 yillik rekordini takrorladi

«PSJ» yarim himoyachisi Vitinya Chempionlar ligasi finalida «Arsenal»ga qarshi o'yinda ajoyib natija qayd etdi.
Portugaliyalik futbolchi uchrashuv davomida 141 ta aniq uzatmani amalga oshirib, Xavi Ernandesning 2011 yilgi finalda (Barselona — Manchester Yunayted o'yinida) o'rnatgan rekordini takrorladi.
UEFA tomonidan finalning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Vitinya «PSJ»ning o'yinini boshqarib bordi va 105-daqiqada zaxiraga olindi. Eslatib o'tamiz, asosiy va qo'shimcha bo'limlar 1:1 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa parijliklar 4:3 hisobida g'alaba qozonib, chempionlikni qo'lga kiritgan edi.