Vitinya: "Men Safonovga o'z mukofotimni berishga tayyor edim"

"PSJ"ning yulduz xavbeki Vitinya Qit'alararo kubokning eng yaxshi futbolchisi sovrinini rossiyalik darvozabon Matvey Safonovga berishga tayyorligini ma'lum qildi.
"Kerak bo'lsa, sovrinimni Matveyga berishga tayyor edim. Biroq, u o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shuning uchun men turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrinini o'zimda qoldirdim," - deya portugaliyalik yarim himoyachining so'zlarini keltiradi A Bola.
"PSJ" - "Flamengo" uchrashuvi 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. O'yindan keyingi 11 metrlik jarimalar seriyasida parijlik futbolchilar aniqroq bo'lishdi - 2:1. Braziliya jamoasi futbolchilari tomonidan bir yo'la to'rtta penaltini qaytargan Safonov o'yin qahramoniga aylandi.